“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy bayonoti

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda navbatdagi  brifing “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatining ayrim jihatlariga bag‘ishlandi. Mazkur brifingda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Bosh boshqarmasi boshlig‘i Ibragimov U.N. ishtirok etib, quyidagilarni bayon etdi.

“Muhtaram Prezidentimiz topshiriqlariga asosan bugungi kunga kelib “Ozbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yuklarni eksport-import qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar jadal rivojlanib bormoqda.

Shunday murakkab davrda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ eksport hajmini saqlab qolish va tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha uzluksiz ish olib borilmoqda. 

Tadbirkorlarimizga mamnuniyat bilan shuni ma'lum qilishimiz mumkinki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibida turli xildagi vagonlar mavjud bo‘lib, ularda turli xildagi mahsulot va xomashyolarni ko‘plab davlatlarga yuklarni tashish mumkin. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ qoshida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan refrijeratorli vagonlar (sovutgichli) deposi mavjud bo‘lib, fermer va tadbirkorlarning qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli va beziyon o‘z manziliga yetib borishini ta'minlash maqsadida sovutgichli vagonlarda tashish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yetarlicha vagonlar mavjud. Ushbu vagonlar hozirgi karantin davrida chet elga ho‘l meva va poliz ekinlarini eksport qiladigan tadbirkorlarimiz uchun ishonchi transport vositasi sanaladi.

Bundan tashqari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yirik xalqaro vagon operatorlari bilan shartnomalari tuzilgan bo‘lib, turli xildagi yuklarni turli yo‘nalishlarga yetkazib berish imkoniyatlari yo‘lga qo‘yilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yurtimizning barcha viloyatlarida eksport yuklarining salohiyatini oshirish, eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yanada qulayliklar yaratish maqsadida joylarda yuklarning temir yo‘l transporti orqali tashish jarayonida kelib chiqadigan muammolarning oldini olish yuk jo‘natuvchilar va yuk oluvchilar tomonidan taklif mulohazalar hamda murojaatlarini o‘rganish, shuningdek  yuk tashish hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy veb-saytidan to‘liq ma'lumotni olishingiz mumkin. 

Respublikaning turli tumanlarida joylashgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 185 ta stansiyalari hamda 26 ta logistik markazlarida "Yagona darcha" tamoyillari asosida tadbirkor va mijozlar uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, hozirda axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida ushbu jarayonlari takomillashtirilmoqda.

Aytib o‘ish joizki Nazarbek va Sergeli stansiyalarida axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda test-sinov rejimida vagonlarni shahobchaga qo‘yish va yuk tushirilgandan yoki ortilganidan so‘ng ularni qayta stansiyaga olish jarayonini avtomatlashtirish axborot tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 

Avval ta'kidlanganiday, Buvayda stansiyasidan sabzi ortilgan refrejirator vagonlar Rossiyaning Iletsk stansiyasiga jo‘natildi va ushbu vagonlar ortga qaytishda 200 tonna kartoshka mahsulotini olib kelishi rejalashtirilgan. Sergeli stansiyasidan Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatining yuklari ortilgan 2 ta sostav multimodal yo‘nalishda Kaspiy va Transkavkaz yo‘nalishida yo‘lga chiqqan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston – Turkiya yo‘nalishi bo‘yicha Sergeli stansiyasidan Turkmanboshi porti – Alyat – Beyyuk Kyasik – Axalkalaki – Derindje (Sofiport) orqali Istambulga konteyner poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunga kelib, to‘qimachilik korxonalari tomonidan to‘qimachilik xomashyolarini Turkiya davlatiga eksport qilishga bo‘lgan talab ortib bormoqda, shunga ko‘ra yuk jo‘natuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Sergeli stansiyasidan Qoraqalpog‘iston – Aktau porti – Boku –Beyyuk Kyasik – Axalkalaki – Derindje (Sofiport) – Istanbul yo‘nalishi avtomobil transportiga nisbatan raqobatbardosh ta'rif bo‘yicha yuk tashish yo‘lga qo‘yildi”.

Shuningdek, brifingda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ nomiga uning rasmiy veb-sayti va elektron manzilga kelgan murojaatlar bo‘yicha ma'lumot ham berib o‘tildi. Jumladan, Surxondaryo eksport bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlardan Afg‘oniston bilan hamkorlik qilish masalasi yuzasidan qator qulayliklar yaratilganligi xususida atroflicha so‘z yuritildi. Bu haqida batafsil ma'lumot quyidagi videolavhada keltirilgan.


Shuni ham qayd etish lozim, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning "TEMIR YO‘L LOGISTICASI" yuk tashish logistika xizmatlarini tashkillashtirish bo‘yicha rasmiy Telegram-kanali ish boshladi va ushbu portal asosan yuk egalarining eksport-import, tranzit va mahalliy yuk tashishni tashkil etish bilan bog‘liq so‘rovlarini ko‘rib chiqish uchun ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, Telegram messenjeridagi +998-90-938-40-00 raqami bilan “Yuk egasi” - “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ” dialog formatida o‘zaro bog‘lanish mumkin. Yuk egasi o‘z murojaatini bevosita ushbu raqamga yuborishi mumkin (Telegram messenjerida).

Alohida qayd etish lozim,  tashkil etilgan tezkor shtab va yuk egalarining barcha manbalardan kelib tushayotgan har bir murojaatni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan bevosita qat'iy nazorat qilinmoqda.

Axborot-taxliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI