Yo'lovchilar diqqatiga!


Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2020 yil 11 sentyabrdan Toshkent - Qarshi - Toshkent yo'nalishida 4/3 sonli "Nasaf" tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur poyezd 11 kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da qarshi temiryo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.

Yo'lovchilar chiptalarni temiryo'l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Yo'lovchilardan poyezdlarga chiqishda vokzal hududida hamda yo'l davomida vagon ichida sanitariya gigiena qoidalariga doimiy ravishda qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi. O'zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang!

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI