Hurmatli metropoliten yo'lovchilari!

Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, ishlab chiqarish ehtiyojlari sababli 2020 yil 24 sentyabr soat 05:00 dan boshlab poytaxt metropolitenining quyidagi metro bekatlari vestebyullari vaqtincha yopiladi:

Chilonzor yo’nalishi:
- "Pushkin" bekati - "Salar" ko'prigi tomonidagi vestebyul;
- "Hamid Olimjon" bekati - "NBU" banki tomonidagi vestebyul;
- "Amir Timur Xiyoboni" bekati - 50-maktab tomonidagi vestebyul;
- "Mustaqillik Maydoni" bekati - "Mustaqillik maydoni" tomonidagi vestebyul;
- "Xalqlar Do'stligi" bekati – “Tashkent city” tomonidagi vestebyul;
- "Novza" bekati - "Novza" masjidi tomonidagi vestebyul;
- "Mirzo Ulug'bek" bekati – “Milliy” stadioni tomonidagi vestebyul.

O'zbekiston yo’nalishi:
- "Toshkent" bekati – Bosh po’chta tomonidagi vestebyul;
- "Oybek" bekati - Farmatsevtika instituti tomonidagi vestebyul;
- "Kosmonavtlar" bekati - "Interpol tomonidagi vestebyul;
- "Tinchlik" bekati - Gaz loyihalash instituti tomonidagi vestebyul.

Yunusobod yo’nalishi:
- "Ming O'rik" bekati - Geologiya muzeyi tomonidagi vestebyul;
- "Abdulla Qodiriy" bekati – Gyote instituti tomonidagi vestebyul;
- "Minor" bekati - moliya instituti tomonidagi vestebyul;
- "Bodomzor" bekati – “NBU” bank tomonidagi vestebyul;
- "Shahriston" bekati - "Yunusobod" bozori tomonidagi vestebyul;
- "Turkiston" bekati - "Uch Qahramon" tomonidagi vestebyul.

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun sizdan uzr so'raymiz.

"Toshkent metropoliteni" UK

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI