Yuk mashinasi va yo'lovchi poyezd ishtirokidagi YTX haqida sharh

Kuni-kecha, 13 oktyabr, soat 21:40 da Buvaida va Qo'qon stansiyalari oralig'dagi temir yo'l kesishmasida yo‘l transport xodisasi sodir bo'ldi. 

GAZ-53 rusumli yuk mashinaning T.S. ismli xaydovchisi, temir yo'l kesishmasida harakatlanishning amaldagi qoidalarini buzadi. Natijada u yopiq to'siq (shlagbaum)ni chetlab o'tishga harakat qilib, Toshkent - Andijon yo‘nalishida harakatlanayo‘tgan №62-sonli yo‘lovchi poyezdi bilan urilishi oqibatida avtohalokat yuz berdi.

Kuni-kecha, 13 oktyabr, soat 21:40 da Buvaida va Qo'qon stansiyalari oralig'dagi temir yo'l kesishmasida yo‘l transport hodisasi sodir bo'ldi. GAZ-53 rusumli yuk mashinasi haydovchisi T.S., temir yo'l kesishmasida harakatlanishning amaldagi qoidalarini buzadi va yopiq to'siq (shlagbaum)ni chetlab o'tishga harakat qiladi.

Voqea natijasida yuk mashinasining haydovchi kabinasiga jiddiy zarar yetkazilgan. Yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

  

Lokomotiv va yo'lovchi poyezdining birinchi vagoniga ham zarar yetkazilgan. Yo'lovchilar orasida jabrlanganlar yo‘q. Zarar ko'rgan  "Qo'qon" lokomotiv deposiga olib borildi. Yo‘lovchi poyezdni manziligacha boshqa elektrovoz orqali etkazib borildi. Voqea natijasida yo‘lovchi poyezdi 42 daqiqaga kechiktirildi.
 
Hozirda huquq-tartibot hamda boshqa tegishli idoralar tomonidan sodir bo‘lgan yo'l transport  hodisasi yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI