Salbiy ma'lumotlar o‘z vaqtida o‘rganib chiqilmoqda!
"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyatida ishchi xodimlarga ichki tartib qoidalariga qat'iy rioya qilish, ayniqsa yo‘lovchilar bilan muloqotda bo‘lganda muomila madaniyatiga jiddiy e'tibor qaratib, o‘z vaqtida ko‘ngildagiday xizmat ko‘rsatish borasida tushuntirish ishlari olib boriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, yo‘lovchilar hamda yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning temir yo‘l transportidan foydalanishga bo‘lgan talabini to‘la qondirish hamda ularni yaxshi kayfiyatda o‘z manzillariga yetib borishini ta'minlashdir.
Aholidan bo‘ladigan murojaatlarni vaqtida o‘rganib chiqib, kamchiliklarni bartaraf qilishga ham jiddiy e'tibor qaratilmoqda.
Misol uchun, 2020 yil 27 oktyabr kuni "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ Farg‘ona filialiga qarashli Andijon vokzali chipta sotuvchisi X.Qosimova muomila madaniyatini qo‘pol ravishda buzganligi haqida ma'lum bo‘ldi. Bu bo‘yicha "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan holat atroflicha o‘rganib chiqildi hamda ma'lumot o‘z tasdig‘ini topdi. Haqiqatdan ham chipta sotuvchi X.Qosimova chipta xarid qilish uchun murojaat qilgan fuqaroga nisbatan qo‘pol muomilada bo‘lib, o‘rnatilgan ichki tartib qoidani buzganligi aniqlandi. Andijon vokzalida o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, chipta sotuvchi X.Qosimovani o'z lavozimidan ozod qilib boshqa, yo‘lovchilar bilan muloqat bo‘lmaydigan lavozimga o‘tkazish taklifi berildi.
"O'ztemiryo'lyo'lovchi"AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI