×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

18:31:26 (GMT +5), shanba, 8 Мая 2021

“Salomatlik” poyezdi xalq xizmatiga tayyor!

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni parlamentga Murojaat bilan chiqish qilib, 2021 yilni – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash yili deb, e’lon qilishni taklif qildi. Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarishda “O‘zbekiston temir yullari” aksiyadorlik jamiyati ham o‘z xissasini qo‘shmoqda.

Qariyib 20 yildan buyon “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufida faoliyat olib borayotgan “Salomatlik” tibbiy-sanitariya yordam poyezdi yurtimizning chekka, borish qiyin bo‘lgan, ekologik noqulay hududlarida aholining salomatligini saqlash hamda ular orasida tibbiy madaniyatni oshirishga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Inson salomatligi yo‘lida xizmat qiluvchi ushbu harakat tarkibi Jamiyat boshqaruv raisining 2001 yil 7 maydagi 94-N sonli farmoyishiga binoan 2001 yil 1 iyun kuni tashkil topgan. Hozirda unda 17 nafar shifokor  va  35  nafar o‘rta tibbiy xodimlar inson salomatlik yo‘lida ish olib borishmoqda. Shulardan oliy toifali vrachlar 5, birinchi toifali vrachlar 2 va ikkinchi toifali vrachlar 1 hamda o‘rta tibbiyot xodimlari orasida oliy toifalisi 10 nafarni tashkil etadi.


Mazkur poyezdning tashkil etilishidan ko‘zdangan asosiy maqsadlar – O‘zbekiston hududidagi uzoq temir yo‘l bekatlari atrofida istiqomat qiluvchi axoli uchun malakali va keng tarmoqli tibbiy yordamni tashkil qilish, vaqti-vaqti bilan o‘tkazib turiladigan ushbu tibbiy ko‘riklar uchun sarflanadigan vaqt va moddiy xarajatlarni qisqartirish hisoblanadi. Bundan tashqari, mas’ul tibbiyot xodimlari zimmasiga mahalliy aholi va temiryo‘lchi xodimlariga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatini ish joylariga yaqinlashtirish, ish vaqtida sodir bo‘ladigan ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish, xodimlar orasida ish jarayonida yuzaga keladigan kasb kasalliklariga oldindan chora ko‘rish vazifalari ham yuklatilgan. 

Ta’kidlash joiz, mazkur poyezdda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari, Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi hamda “O‘ztemiryo‘llovchi” AJning Yo‘lovchi vagonlarni texnik va texnologik tayyorgarlik ko‘rish filiali va vagon kuzatuvchilari filial korxonalari xodimlarini ishlash sharoitini yaxshilash, travmatizmni oldini olish, temiryo‘lchilar orasida nogironlikni kamaytirish ham maqsad qilib olingan. 

– Temiryo‘lchilarni umumiy kasallanishi hamda ishchi va xizmatchilarni vaqtincha mehnatga layoqatini yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar sababini o‘rganamiz, – deydi “Salomatlik” tibbiy sanitariya yordam poyezdi bosh shifokori Fotima Turayeva. – Bemorlarni davolashda, kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolashda zamonaviy usullarni o‘z vaqtida joriy etyapmiz hamda bularni kundalik amaliyotda keng qo‘llamoqdamiz. 


Joriy yilgi Davlat dasturiga muvoffiq “Salomatlik” poyezdi borishi kerak bo‘lgan hududlarning jadvali shakllantirilgan bo‘lib, unga asosan belgilangan tartibda yiliga uchta yo‘nalishda safarga chiqadi. Dastlab rejaga muvofiq, “Salomatlik” poyezdi Toshkentdan harakatni boshlab Tinchlik – Konimex – Qizilquduq – Qara-qata – Mustaqillik – Uchquduq II – Buzaubay stansiyalarida temiryo‘lchilar va mahalliy aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Dunyodagi COVID-19 koronovirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasida epedimiologik sharoit o‘rganilgan holda ish rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi ham mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish