Xivada yangi istirohat bog‘i ish boshladi

Bugungi kunda yurtimizda ichki turizmni yaxshilash, aholini turistik salohiyatini yanada oshirish maqsadida ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, turli bayramlar va dam olish kunlari viloyatlar aro mahalliy poyezdlarga chegirmalar joriy etilmoqda. Bundan tashqari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Andijon – Xiva, Toshkent – Xiva va Termiz – Xiva yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘lovchi poyezdlarining harakati orqali yurtimiz aholisi O‘zbekistonning barcha viloyatlariga ortiqcha ovoragarchiliklarsiz qadimiy shaharlarimizga sayohat qilishlari imkoniyati yaratildi.

Yurtimizning eng tarixga boy go‘shalaridan biri bo‘lmish Xiva shahrida ham tashrif buyuruvchilarga yangidan yangi mehmonxonalar, istirohat bog‘lari, dam oli maydonchalari qurilmoqda. Bu nafaqat sayoxlarga, balki mahalliy aholiga ham xizmat qilishga mo‘ljallangan. 

Yurtimizning eng tarixga boy go‘shalaridan biri bo‘lmish Xiva shahrida tashrif buyuruvchilarga yangidan yangi mehmonxonalar, istirohat bog‘lari, dam olish maydonchalari qurilmoqda. Bu nafaqat sayoxlarga, balki mahalliy aholiga ham xizmat qilishga mo‘ljallangan. 

Shunday so‘lim maskanga ommaviy axborot vositalari vakillari bilan tashrif buyurib, u yerda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish maqsadida media-tur tashkil qilindi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari, shuningdek Xorazm viloyati aholisi va hududga tashrif buyuruvchi mehmonlarning maroqli xordiq chiqarishlari uchun tashkil etilgan yangi, zamonaviy “Xiva Lokomotiv” istirohat bog‘i bilan jurnalistlar tanishtirildi.

Ma’lumki davlatimiz rahbarining 2017 yil oktyabr oyida Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi davomida viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berilgan edi. O‘tgan davr mobaynida Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahrida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018 yilda Xiva temir yo‘l vokzali foydalanishga topshirildi. Vokzalning old qismida esa ulkan musiqali favvora va o‘nga yaqin zamonaviy mehmonxonalar, savdo majmualari barpo qilindi. Bundan tashqari vokzaldan shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan Ichan qal’a yodgorliklar majmuasiga olib boradigan, minglab manzarali daraxtlarni o‘z ichiga olgan alleya ham o‘rin olgan. 
Bugungi kunda sayohlarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida Ichan qal’a majmuasi yonida 8 gektar maydonni o‘z ichiga olgan zamonaviy “Xiva Lokomotiv” istirohat bog‘i ham bunyod etildi. Ushbu istirohat bog‘ida dam oluvchilar, ayniqsa bolajonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bog‘ga tashrif buyuruvchilar uch tomondan kirishlari mumkin, ya’ni uchta darvoza qadroslagan bo‘lib, ularning ikkitasi Xiva arxetektura uslubida qurilgan bo‘lib 11 metrli minora ko‘rinishida. Dam oluvchilar uchun ikkita kichik orolchalardan iborat sun’iy ko‘l yaratilgan. 

Shuningdek, bog‘ hududida zamonaviy qurilish uslubida 2 ta “quruq” va 1 ta musiqali favvora bunyod etilgan. Bu yerda bolajonlar uchun o‘ttizga yaqin turli xildagi attraksionlar xizmat ko‘rsatadi. 3 mingdan oshiq manzarali daraxtlar ekilgani, 40 ming kvadrat metr ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilgani nafaqat bog‘ning, balki ushbu hududning ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shmoqda. E’tiborli jihati shundaki, o‘tgan uch yil davomida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari natijasida hududda tadbirkorlar faoliyati uchun ham juda katta qulayliklar yaratildi, natijada yuzlab yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi.

Media-tur davomida jurnalistlar bog‘ning faoliyati bilan yaqindan tashdilar, shu bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI