O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Temir yo‘l mintaqaviy tashkilotiga yangi rais saylandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Temir yo‘l mintaqaviy tashkilotining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv rahbariyati, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati rahbariyati, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti xodimlari, mintaqaviy temir yo‘l uzellari, korxona va tashkilotlardan saylangan 68 nafar delegatdan 57 nafari qatnashdi. Kun tartibidagi masala yuzasi- dan O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati ijrochi direktori E.Amiraliyeva so‘zga chiqdi.

- “O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Nizomining 8-, 9-bandlariga asosan, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti raisini saylab olishimiz lozim, - dedi E.Amiraliyeva. - Temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti raisi lavozimiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan Karimova Dilafruz Abdukarimovnaning nomzodi ko‘rsatilgan. Agarda boshqa nomzod bo‘lmasa mintaqaviy tashkilot raisi lavozimiga Karimova Dilafruz Abdukarimovnaning nomzodini tasdiqlashni taklif etaman.

Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan Karimova Dilafruz Abdukarimovnani O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti raisi lavozimiga saylangani bilan tabriklab, unga insonparvarlik va xayriya ishlarida omad tiladilar.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI