Bayram tabrigi
Hurmatli O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi xodimlari!
Sizlarni va Sizlar orqali jamoa aʼzolaringizni 11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining butun jamoasi hamda shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklayman! Avvalo, Sizlarga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, shuningdek, yurtimizning buyuk kelajagi, xalqimizning baxt-saodati, kasaba uyushmasi faoliyatining bundanda yuksak taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan keng qamrovli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!
Kasaba uyushmalarining bevosita boshchiligida tizim ishchi-xodimlarining haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash doimo eʼtiborda bo‘lib, qariyb bir asrlik tarixga ega bo‘lgan va hozirga kelib, o‘z saflarida 90 mingdan ortiq kasaba uyushma aʼzolarini birlashtiruvchi O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bugungi kunga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi bilan tuzilgan Tarmoq kelishuvida belgilangan sohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ishchi-xodimlarga qulay mehnat sharoitlari va mehnatga haq to‘lash, bandlik hamda ijtimoiy kafolatlar o‘rnatish majburiyatlarini bajarib kelmoqda. Ayniqsa, tashkilotning faoliyati koronavirus pandemiyasi davrida yana ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Ish beruvchi kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda sinovli kunlarda “bir yoqadan bosh chiqarib”, birgalikda yelkama-yelka turib, kasallik bilan kurashishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar asosida chiqarilgan farmoyish, qaror va qonunlar hayotga tatbiq qilib kelindi. Ana shunday savobli, xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
X.XASILOV,
“O‘zbekiston temir yo‘llari”
aksiyadorlik jamiyati
boshqaruvi raisi v.b.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI