“Toshguzar – Oqrabot” elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkasida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda

“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli “Toshguzar – Oqrabot” elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkasining “Qayirma” va “Bo‘zaxo‘r” stansiyalari oralig‘idagi 22-kilometr 4-piketdan 23-kilometrdagi 2-piketgacha bo‘lgan hududda Qarshi temir yo‘l taʼmirlash masofasi korxonasi va 214-sonli yo‘l mashina stansiyasi korxonasining maxsus og‘ir texnikalari hamda malakali ishchi-xodimlari tomonidan temir yo‘l relslarini tubdan taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Natijada ushbu hududda yuk va yo‘lovchi poyezdlarining ishonchli hamda xavfsiz harakatlanishi davom etmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi tubdan taʼmirlash ishlariga Qarshi temir yo‘l taʼmirlash masofasi korxonasidan 26 nafar, 214-sonli yo‘l mashina stansiyasi korxonasidan 56 nafar hamda Qarshi elektr taʼminoti korxonasidan 16 nafar ishchi-xodim va 2 dona temir yo‘l relslarini yotqizish krani, 1 dona zamonaviy motovoz drezinasi va temir yo‘llarini ko‘tarma taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida Avstriya davlatidan olib kelingan texnikalar (VPR, SSP) jalb etilgan holda ishlar tashkil etilib, muvafaqqiyatli amalga oshirildi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishga yana 750 metr muddati o‘tgan temir yo‘l izlari o‘rniga R-65 turdagi relslardan hamda yangi ishlab chiqilgan “PANDROL FASTCLIP” turdagi temir betonli shpallardan tashkil topgan yangi temir yo‘l izlari yotqizildi.

“Toshguzar”, “Qayirma” va “Bo‘zaxo‘r” stansiyalari oralig‘ida joriy yilning boshidan shu kunga qadar jami 16,2 kilometr temir yo‘l izlarini tubdan taʼmirlash ishlari olib borildi. Belgilangan rejaga ko‘ra esa kapital taʼmirlash ishlari 2021 yil oxirigacha davom etadi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI