O‘zbekiston – Rossiya: Istiqbolli shartnoma imzolandi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida Rossiyaning “Stalmost” AJ kompaniyasining rahbarlari tashrif buyurib ikkitomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qipchoq qishlog‘i yaqinida Amudaryo ustidan qurilishi rejalashtirilayotgan uzunligi 412 metrli temir yo‘l va avtomobil qo‘shma ko‘prigini barpo etish uchun, metall konstruksiyalarni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha, tomonlar “Shovоt – Qorauzyak yangi temir yo‘l liniyasi va Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma temir yo‘l va avtomobil ko‘prigi qurilishi” loyihasi bo‘yicha metall konstruksiyalarni batafsil chizmalarini tayyorlash, ishlab chiqarish, maxsus yordamchi konstruksiyalarni yetkazib berish va ularni o‘rnatilishini nazorat qilish bo‘yicha shartnoma imzoladilar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil oktyabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Bosh menejeri – Bosh muhandisi rahbarligidagi ishchi guruhni Rossiyaning yetakchi metall konstruksiyalarni ishlab chiqaruvchi qator zavodlar faoliyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Maʼlumot uchun: "Stalmost" AJ MDH mamlakatlari orasida keng qo‘llaniladigan turli xil metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxona bo‘lib, temir yo‘li, avtomobil yo‘li, piyodalar yo‘li, yer usti ko‘priklari, shuningdek shaharsozlik qurilishlarida ishlatiladigan turli xil metall konstruksiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Axborot tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI