O‘zbekiston – Eron – Turkiya: Hamkorlik doirasida ko‘mir sanoatini rivojlantirish

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “Sharg‘unko‘mir” AJ korxonasining yana-da rivojlantirish, modernizatsiya jarayenida ishlatilishi ko‘zda tutilgan ko‘mir qazib chiqarish uskunalarni ishlatish, umuman olganda ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni joriy qilish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan maxsus guruhi Eron Islom Respublikasi va Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Ikki davlatga amalga oshirilgan tashrif davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari v.b. X.Omonov boshchiligidagi maxsus gurux hamda “Sharg‘unko‘mir” AJ rahbari X.Abdullayevlar bir necha salohiyatli korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan Eron Islom Respublikasining "IRITEC Iran international engineering" kompaniyasi, Turkiya Respublikasining “S-TECH MINE MACHINES” zavodi, “Polyak Eynez Enerji Üretim Madencilik San. ve Tic A.Ş”, “Imbat Mining and Energy Corporation” ko‘mir konchilik korxonalari bilan yaqindan tanishishdi. Ko‘mirdan koks ishlab chiqarish  hamda ko‘mirni eksport qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekistonda qazib olinayotgan sifatli toshko‘mirni eksport qilish, “Sharg‘unko‘mir” AJda ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish, unda ishlatilishi ko‘zda tutilgan yangi ko‘mir qazib chiqarish uskunasini ishlatish uchun maxsus guruhni tashkil etish, sifatli toshko‘mirni boyitish va undan metallurgiya sohasida ishlatilayotgan koks mahsulotini ishlab chiqarishdir.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI