Temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidalarining navbatdagi buzilishni haqida

Joriy yil 8 dekabr kuni l Toshkent – Xiva yonalishda harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi yo‘lida temir yo‘l bo‘ylab kelayotgan ayol (1978 yilda tug‘ilgan Q.S.) poyezd ostida qolib ketdi. Ushbu holat bo‘yicha tergov organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bunday holatlarning takrorlanishini hisobga olgan holda, shuni ma’lum qilamizki, tegishli tarkibiy tuzilmalar, tashkilotlar va joylardagi mutasaddilar tomonidan muntazam ravishda temir yo‘l yaqinida istiqomat qiluvchi aholi va transport vositalari egalari bilan temir yo‘lda xavfsizlikka rioya etish to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Profilaktik suhbatlar, qator uchrashuvlar, mavzu doirasida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ayniqsa, bu borada maktab o‘quvchilari va o‘smirlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yana bir bor eslatib o‘tmoqchimizki, barcha yo‘l harakati ishtirokchilari qoida talablariga birdek rioya etishlari shart! Barchadan alohida e’tibor va o‘ta ehtiyotkorlik talab qilinadi. Jumladan, piyodalarning temir yo‘lni kesib o‘tishlari uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joylar, piyodalar ko‘priklari va maxsus o‘tish yo‘lak mavjud. Avtotransport vositalarida harakatlanayotgan haydovchilar tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalarini buzmasliklari shart!

DIQQAT! Temir yo‘lda poyezd har doim birinchi harakatlanish imtiyoziga ega! Mashinistning tezkor tormoz bosishi ham poyezdni darhol to'xtata olmaydi. Qolgan yo‘l harakati ishtirokchilarida esa har doim kutib turish imkoniyati bor. ILTIMOS! Agar siz poyezd yaqinlashayotganini ko‘rsangiz – hech qachon SHOSHILMANG! 

HURMATLI FUQAROLAR! Temir yo‘l xavfli hudud ekanligini VOYAGA YETMAGAN BOLALARINING OTA-ONALAR HAM UNUTMANG! Farzandlaringizni, jumladan, o‘spirinlarni NAZORAT qiling, ularga temir yo‘llardan o‘tishda juda ehtiyot bo‘lishlarini va barcha xavfsizlik talab va qoidalariga rioya qilishi kerakligini qayta-qayta ESLATING!

Axborot-tahliliy media markaz

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI