Sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan seminar-trening

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatida Prezidentimiz farmoniga binoan “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va Ommaviy sportni yana-da rivojlantirish” chora-tadbirlarini bajarish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Ushbu treningni o‘tkazishdan asosiy maqsad  korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi hamda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilishdir. Seminar treningni  O‘zbekiston Valeologlar Assosasiyasining mutaxassisi, valeolog Sharipova Ediye Atillayevnaga taklif etildi. 

Tadbirda SOVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi hamda inson turmush tarzini o‘zgarishi, shuningdek ayrim kishilar tomonidan chekish mahsulotlari va spirtli ichimliklar isteʼmol qilinishi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llariga zarar keltirayotganligi, buning natijasida esa semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog‘lig‘iga salbiy taʼsir ko‘rsatib kelayotgan qayd etildi. Har bir inson sog‘lom bo‘lishi uchun zararli odatlardan voz kechishi, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishi, doimo to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishi, xususan tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini meʼyoridan ortiq isteʼmol qilmasligi zarur. Bir so‘z bilan aytganda, barchamiz  sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga  aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda. 

Seminar-treningda O‘zbekiston Valeologlar Assosasiyasining mutaxassisi tomonidan inson ertalab uyqudan turgandan so‘ng, kunni maʼdanli suv ichish bilan boshlashi, badantarbiya qilishi, tushlik paytida yog‘siz taomlarni tanovul qilishi, kun davomida suv ichish balansiga rioya qilishi, kechki ovqatni meʼyoridan oshirmasligi kerakligi taʼkidlab o‘tildi,  xususan sog‘lom ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish, haftada muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishi zarurligini keng yoritildi. Shuningdek, xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini  tashkil qilish va shundan kelib chiqqan holda, semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash uchun barcha kerakli maslahatlar berildi. Har bir kishining bo‘yi va tana og‘irligiga qarab o‘rtacha kunlik ovqatlanish meʼyori, suv ichish balansi belgilab berilib, shu bilan birga  jismoniy mashqlar kompleksi ham keng targ‘ib qilindi. Seminar treningi yakunida mehnat jamoalaridagi birinchi rahbarlar “Shaxsiy namuna” tamoyiliga asoslangan holda ish yuritishlari, yaʼni korxonamiz barcha quyi rahbarlari va ishchi-xodimlari ish kuni davomida gimnastika mashqlarini bajarishlari va sport zallaridan, ayollarmiz esa fitnes zallaridan yana-da ko‘proq foydalanishlari kerakligi aytib o‘tildi.

O‘tkazilgan seminar-trening qiziqarli savol-javob shaklida o‘tkazilganligi barcha ishchi-xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI