Talabalar uchun bayram chegirmalariga sharh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-35-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatimizda ichki yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari tarifidan kiritilgan chegirmalar to‘g‘risidagi e’lon talabalar tomonidan savollar kelib tushmoqda.

Avvalo shuni ta’kidlaymizki, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-517-sonli 1992 yil 22 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchilari va talabalarining yillik qishki ta’tillari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili 28 dekabrdan 10 yanvarga qadar belgilanadi. Mazkur xujjatda qayd etilishicha, qishki ta'til davrida kunduzgi bo‘limlarning talabalari va o‘quvchilariga yo‘l haqi 50 foizli chegirtma bilan sotiladi.

Shu kunlarda e’lon qilingan, ya'ni 2021-yil 31-dekabrdan 2022-yil 4-yanvargacha bo‘lgan davrdagiga chiptaning tarif qismidan – 15 foizli chegirtma O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarining qolgan boshqa ta’lim bo‘limlari (sirtqi, kechki va magistratura) talaba va o‘quvchilariga nisbatan qo‘llaniladi.

ESLATMA:  Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI