E’lon

Hurmatli yo‘lovchilar! 2022 yil 25 yanvar kuni Buxoro va Qarshi shaharlaridan Toshkent  yo‘nalishida harakatlanuvchi “Afrosiyob" tezyurar poyezdlarining qatnov elektr ta’minoti tiklanguncha qadar to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, quyidagi poyezdlarning qatnov jadvali o‘zgarishsiz qoladi. Shu munosabat bilan siz ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan foydalanishingiz mumkin. Ushbu yo‘nalishlarga chiptalarni temir yo‘l kassalarida sotib olish mumkin.

Termiz – Toshkent yo‘nalishidagi 79-poyezd Qarshi vokzaliga soat 01:19 da yetib keladi.

Qo‘ng‘irot – Toshkent yo‘nalishidagi 53-poyezd Buxoro vokzaliga soat 22:46 da yetib keladi.

Xiva – Toshkent yo‘nalishidagi 55-poyezd Buxoro vokzaliga soat 00:15 da yetib keladi.

«Afrosiyob» yo‘lovchi poyezdlari harakati to‘xtatilgandan  avval sotib olingan va foydalanilmagan chiptalar kassalarga qaytarilishi mumkin hamda puli (to‘liq) qaytarilishi yoki boshqa joriy sanaga qayta rasmiylashtirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat bo‘ylab elektr energiyasining ommaviy uzilishi munosabati bilan poyezdlar jadvali o‘zgargan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI