Miskin elektr taʼminoti masofasining tashkil etilganiga 15 yil to‘ldi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga tasarrufidagi Miskin elektr taʼminoti masofasi korxonasining tashkil topganiga ham roppa-rosa 15 yil to‘ldi.

Hozirgi kunda mazkur korxona jamoasi 834,37 kilometr yuqori kuchlanishli elektr liniyalariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 111 kilometri 110 kVt.li yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari bo‘lib, 23,53 kilometri esa past kuchlanishli elektr tarmoqlari hisoblanadi.

Miskin elektr taʼminoti masofasida mexanika hamda taftish-taʼmir va 3 ta tuman elektr tarmoqlari, yaʼni “TET-1 To‘rtko‘l”, “TET-2 Urganch” va “TET-3 Dautepa” bo‘limlarida jami 190 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.

Joriy yil boshidan to shu kunga qadar korxonaga 18 nafar institut hamda texnikumni tamomlagan yosh kadrlar ishga qabul qilinb, “ustoz-shogird” anʼanasiga muvofiq ularning har biri tajribali mutaxassislarga biriktirilgan holda ish o‘rganmoqda.

Bugungi kunda ishchi-xodimlarning barchasi maxsus issiq kiyim va himoya vositalari hamda kerakli asbob-uskunalar bilan bilan taʼminlangan. Ishchilarga mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularga qulay muhit yaratish maqsadida “TET-3 Dautepa” binosidagi yuvinish xonasi va ovqatlanish uchun oshxona mukammal taʼmirlanib, yangi mebellar bilan jihozlandi. Shuningdek, masofaga qarashli TET-1 uchastkasidagi “To‘rtko‘l”, “Ellikqalʼa”, “Amudaryo ko‘prigi” montyorlik bo‘limlariga ham zamonaviy konditsioner va issiq hamda sovuq suvni meʼyorlashtirib beruvchi “Ariston” uskunalari o‘rnatib berildi. Undan tashqari mazkur korxonaga qarashli “TET-2 Urganch” binosiga ham ana shunday 5 dona konditsioner va ovqatlanish xonasiga zamonaviy gaz plitalari jamlanmasi xarid qilindi. Bundan tashqari korxonaga qarashli “Xazorasp” stansiyasidagi Montyorlar punkti maʼmuriy binosi kapital taʼmirdan chiqarilib, u yerda ham ishchi-xodimlar uchun barcha qulayliklar yaratildi.

Buning asnosida korxona rahbariyati tomonidan o‘tgan 2021 yil uchun rejalashtirilgan barcha elektr liniyalarini, elektr qurilmalarini va taʼmirtalab binolarni kapital taʼmirlash ishlari deyarli yakuniga yetay deb qoldi. Hozirgi kunda korxona ishchilari elektr uzatish havo liniyalarini va elektr qurilmalarini 2021-2022 yillarda kuz-qish mavsumiga soz holatda ishlashi uchun oxirgi ishlarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga bir fazali transformatorlarni kuzning kuchli shamollarida, qish mavsumidagi sovuq ob-havoda ham mukammal ishlashi uchun tuzilgan reja asosida ishlar samarali olib borilmoqda.

– Korxonamizda yana shunday amalga oshirilgan ahamiyatga molik ishlardan biri bu ishchilarning bilim darajasini oshirish hamda mehnat muhofazasi texnika va sanoat xavfsizligi borasida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida o‘qitish bo‘yicha yo‘riqchi lavozimi tashkil etildi, – deydi Miskin elektr taʼminoti masofasi rahbari Qudrat Mo‘minov. – Shunga muvofiq, bugungi kunda belgilangan rejaga asosan korxona bo‘limlarida mehnat qilib kelayotgan yosh kadrlarni navbat asosida o‘qitish va ularning amaliy ko‘nikmalarini yana-da mustahkamlash ishlari samarali olib bormoqda. Shu bilan birga korxonadagi ishchilarining bilim va tajribasini boyitish borasida ham o‘rta bo‘g‘in xodimlari tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilayapti. Buning natijasida har bir ishchi-xodim ish boshlashidan avval, o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining texnika va sanoat xavfsizligi borasida ogohlantirilgan holda mehnatga jalb etilayati.

Ayni damda Miskin elektr taʼminoti masofasi rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan har bir temiryo‘lchilarni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish, ularni sog‘lig‘ini tiklash borasida ham alohida eʼtibor qaratiladi. Bu borada o‘tgan 2021 yilda jami 48 nafar temiryo‘lchi moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirildi. Jumladan, 4 nafar xodim uylanishi, 2 nafari esa 50 yosh yubiley sanasi munosabati bilan moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 2 nafar xodimning 60 yoshga to‘lib, pensiyaga chiqishi uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shu bilan birga ishchi-xodimlarning mehnat taʼtili vaqtida ular salomatligini tiklash maqsadida 10 nafar temiryo‘lchiga respublika hamda tizim tasarrufidagi sanatoriylarga dam olishi uchun imtiyozli yo‘llanmalar olib berildi.

Jumladan, Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonida har bir bayram sanalarini munosib nishonlash anʼana tusini olgan. Yaʼni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar, temiryo‘lchilar kuni, mustaqillik bayramlari munosabati bilan korxonada mehnat qilib kelayotgan barcha ishchi-xodimlarga ehtirom ko‘rsatilib, ularning yil davomida sohani rivojlantirish yo‘lidagi tinimsiz izlanishlari hamda saʼy-harakatlari inobatga olinib, ular rag‘batlantirib boriladi. Shuningdek, bayram sanalarida korxonaga qarashli sexlar o‘rtasida sport musobaqalari muntazam tashkil etilib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Bir so‘z bilan aytganda, ish bor joyda munosib rag‘bat ham bo‘lishi muqarrar. Korxona rahbariyati bunga astoydil amal qilgan holda har bir xodimning hayotini hamda uning mehnatini qadrlaydi.

Baxtsiz hodisalarni oldini olish yo‘lida esa yelkama-yelka turib xizmat qiladi. Chunki ular mehnat qilayotgan soha  mutaxassislardan faqat kuchli bilim, sergaklik va ehtiyotkorlikni talab etadi.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI