Innovatsion g‘oyalar-2021: Tanlov natijalari
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi H.Xasilovda rahbarligida barcha boshqarma boshliqlari va texnik bo‘lim boshliqlari ishtirokida 9 yo‘nalish bo‘yicha yosh temiryo‘lchilar tomonidan tayyorlangan 22 ta innovatsion g‘oyalar puxta o‘rganildi. Tanlovning yakuniy bosqichi natijalariga ko‘ra 9 ta innovatsion ishlanma eng yaxshi deb topildi va ulardan 2 tasi Boshqaruv rahbariyati tomonidan alohida ta’kidlandi (g‘oliblar va ishtiroqchilar ro‘yxati quyida word-formatida ilova qilingan).
Ta’kidlash joizki, tanlov loyihalari uchun asosiy mezon sifatida temir yo‘l transporti samaradorligiga va funksionalligini oshirishga e’tibor qaratildi. Amalga oshirilayotgan turli ko‘lamdagi yirik loyiha va dasturlarning aksariyati hududlarda yosh temiryo‘lchilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Bunday ko‘rik-tanlovlar nafaqat yoshlarni o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surishga undaydi, balki temir yo‘l sohasini jadal raqamlashtirish, elektron tizimga o‘tishga ham xizmat qiladi.
Tanlovning barcha g‘oliblar rag‘batlantirildi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Axborot-tahliliy media markazi
Faylni yuklab olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI