
Temir yo‘l transporti sohasida transformatsiya jarayonlari
Maʼlumki, transformatsiya butun mamlakat iqtisodiyoti faoliyatining samaradorligi va barqarorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida davlat ishtirokidagi turli tarmoqlarda qator korxonalarni isloh qilish va o'zgartirish shartlari hamda muddatlari belgilandi.
Taraqqiyot strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi – Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini zamon talablari darajasida taʼminlashda kelgusi 5 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlardan o‘rin olgan yo‘nalish maqsadlarda hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida temir yo‘l sohasi va uning istiqbolli rivojlanish omillari ham belgilab berilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini isloh qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Transport vazirligining 2021-yil 16-dekabrdagi 1/7875-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan.
Qaror loyihasida temir yo‘l transportida islohotlarning quyidagi asosiy yo'nalishlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:
- Temir yo‘l transporti sohasida raqobatni rivojlantirish, shu jumladan o‘zining harakatlanuvchi tarkibi, konteynerlariga ega bo‘lgan xususiy yuk tashish kompaniyalarini tashkil etish orqali ularni temir yo‘l transporti xizmatlari bozoriga kirishini taʼminlash;
- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishga, korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillarini joriy etishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirish;
- Tarif siyosatini takomillashtirish, ya’ni tariflarni tarif tarkibiy qismlarga ajratish va daromadlarni hisobga olishni tashkil etishni nazarda tutuvchi tarif siyosatini takomillashtirish;
- Yo'lovchi tashish sifatini oshirish, shaharlararo harakatini rivojlantirish, yo'lovchi tashishlarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, ularni yuk tashish orqali o'zaro subsidiyalash (kross-subsidiyalash) orqali bosqichma-bosqich amalga oshirish;
- Operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish darajasini oshirish, ish jarayonlari tezkorligini oshirishga qaratilgan Raqamli strategiya rivojlanish yo‘lidagi loyihalarni amalga oshirish;
- Harakat tarkiblarini, shuningdek, temir yo'l infratuzilmasi obyektlarini yangilash borasida aniq maqsadli ishlarni davom ettirish;
- Tranzit salohiyatini oshirish, xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirishda O'zbekistonning o'rnini mustahkamlash;
- Temir yo'l transportining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish va boshqa yo'nalishlar.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI