Yo‘lovchi poyezdlarida xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Sayyor shaklida bo‘lib o‘tgan seminarning asosiy mavzusi temir yo‘l vokzalidan to poyezddagi o‘rindiqqa qadar yo‘lovchilarga ko'rsatiladigan xizmatlar sifati, shu jumladan, servis xizmatlari va safar davomida qulay shart-sharoit yaratish bo‘ldi. Tadbirda ta’kidlanganidek, temir yo‘l liniyalari va yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq obyektlar infratuzilmasi har yili yangilanib, modernizatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda yurtimizning ichki qatnovida yo‘lovchilarning talabini qondirish maqsadida 62 ta poyezd xalq xizmatida, 45 tasi shaharlararo yo‘nalishlarda, shundan 6 tasi elektropoyezd. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mutaxassislar har yili Toshkent davlat transport universitetiga malaka oshirish uchun yuboriladi.
Shu bilan birga, bo‘lib o‘tgan tadbirda yo‘lovchilar bilan bevosita muloqotda bo‘layotgan xodimlarning faoliyati tanqidiy tahlil qilindi, ya'ni poyezd brigadalari (boshliq, brigadir, vagon kuzatuvchisi, styuard)ning muomala madaniyati va ular tomonidan taqdim etilayotgan xizmat k‘rsatish darajasini oshirish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada chora-tadbirlarni kuchaytirish, yo‘lovchilarga hurmat ila munosabatda bo‘lish borasida har bir mas’ul rahbarga alohida topshiriqlar berildi.
Shuningdek, seminarda yo'lovchilarni tashishni tashkil etish masalalari – yo‘lovchi vagonida shart-sharoit yaratish, sifat va qulayliklarga alohida e'tibor qaratildi. Boshqaruv rahbariyatiga servis xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tildi. Joriy etish rejalashtirilgan yangiliklar haqida hisobot berildi. Xususan, taqdim etilgan ko‘rgazmada vagon salonlarini kontseptual yangilanishi kabi yechimlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Ma'lumki, O'zbekistonning har bir hududi o'ziga xos an’analarga, noyob naqsh-nigorlarga, betakror go'zal va boy tarixiga ega. Misol uchun, poyezdlarning har bir yo'nalishida mintaqadagi o‘ziga xos etnik yechimlarni o‘zida mujassam etgan ko‘rinishlar aks etishi rejalashtirilmoqda.
Seminar yakuni bo‘yicha yo‘lovchi poyezdlarida sharoitlarni tubdan o‘zgartirish borasida aniq topshiriqlar berildi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI