Tadbirkorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risidagi farmonlar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining takliflari, tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarni  inobatga olgan holda,  temir yo‘l hizmatlaridan foydalanuvchi yuridik  va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va qulayliklar  yaratish uchun  2021 yil 30 noyabrdagi 100-UN farmoyishdagi  qo‘shimcha ishlar  va xizmatlar ro‘yxatini optimallashtirish hamda imtiyozlar taqdim etish maqsadida temir yo‘l korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar turlari bo‘yicha shartnomaviy (erkin) narxlarning umumlashtirilgan yagona  tarif qiymati ro‘yxatiga asosan 20.1 bandi ”Yuk egasining arizasiga binoan  qo‘shimcha rejaga muvofiq  MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya hamda uchinchi mamlakatlarga eksport tashishlarni (AS Mesplan bo‘yicha) muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rnatilgan o‘lchov birligini “1 vagon” o‘rniga “1 ariza” so‘ziga o‘zgartirilganligi xamda ushbu o‘zgarishlar 2022 yil 1 martdan amalga kiritilishini ma’lum qilamiz.

                                                                                                                                                                                 Axborot-tahliliy media markazi
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI