Xotin-qizlar masalalari doimiy e'tiborda
“Toshkent mintaqaviy temir yoʼl uzeli” unitar korxonasi ("Toshkent MTU"UK)da “Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlari himoyasi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbir “Oʼzbekiston temir yoʼllari” aktsiyadorlik jamiyati Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda Toshkent Transport prokurori katta yordamchisi X.Saydazova, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” AJ Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat Kengashi raisi N.Аlimuhamedova va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.
Tadbir ishtrokchilari "Toshkent MTU” UK mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlari himoyasi, gender tengligini taʼminlash, ularga xavfsiz va yetarli mehnat sharoitlari yaratish masalalari bo’yicha suhbatlashdilar.
– Oila biz uchun qadrli maskan boʼlib, oilaga eʼtibor aslida bu oʼzligimizga eʼtibordir, – deydi “Oʼzbekiston temir yoʼllari” AJ Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat Kengashi raisi N.Аlimuxamedova. – Oilada xotin-qizlarning oʼrnini mustahkamlash, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, bugun jamiyatimizda yuzaga kelayotgan koʼplab muammolarning oldini oladi. Temir yoʼl tizimida mehnat qilib kelayotgan barcha xotin-qizlar moddiy va maʼnaviy, tibbiy, huquqiy jihatdan doimo eʼtiborimizda.
Shuningdek davra suhbatida, ayollar sogʼligʼiga eʼtibor berilishi hamda ijtimoiy muhtoj oilalarni qoʼllab-quvvatlash kabi mavzularda maslahatlar berildi. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish “Himoya orderi”ning ahamiyati haqida ham batafsil maʼlumotlar e'lon qilindi. Bundan tashqari barcha ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI