Ijodkor yoshlar uchun yangi yotoqxona qad rostlamoqda
Xabar berganimizdek, 2021-yil dekabr oyida Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 22-sonli bolalar musiqa, san‘at va baxshichilik maktabi uchun yotoqxona qurilish ishlari boshlangan. Mazkur loyihani amalga oshirish topshirig’i “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan (2021-yil 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrif chog’ida) bergan edi.
O‘tgan yili dekabr ohirida boshlangan qurilish ayni paytda jadal davom etmoqda. Zamon talablari asosida bunyod etilayotgan inshootning loyihaviy qiymati 9 mlrd. 666 mln. so‘mni tashkil etadi. Yotoqxona to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, 150 o‘ringa mo‘ljalanadi va barcha kerakli sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratiladi.
Qurilish ob’yektida bugungi kungacha poydevor quyish ishlarining barcha bosqichlari to‘liq yakunlanib, birinchi qavat qurish ishlari yakunlandi va ikkinchi qavatiga g‘isht terish ishlari boshlangan.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI