Yopiq bo‘lgan “Qamchiq” dovonidan poyezdda 1522 kishi Oltin vodiyga yetkazildi
Ma'lumki, bugun, 12-mart kuni soat 9:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Tezkor harakat xizmatlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatini yo'lovchilarni Toshkent viloyatidan Farg'ona vodiysiga yetkazish uchun maxsus poyezd tashkil etildi.
Poyezd yo‘lovchilarni “Ohangaron”, “Angren” va “Orzu” vokzallaridan olib, so'ngra dovon orqali Namangan viloyatidagi “Chodak” va “Temiryo‘lobod” stansiyalarida ham to‘xtab “Pop” temir yo'l vokzaliga qadar olib bordi.
Mazkur vaziyatda tezkor tashkil etilgan harakatlar natijasida jami 1522 kishi bepul tarzda “Ohangaron” – “Pop” yo'nalishida yetkazildi.
O'zbekiston Respublikasi FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, bugun soat 18:00 da “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI