Uloqsiz relslar yangicha payvandlanmoqda
Ma'lumki, “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufida ko‘plab ishlab chiqarish korxonalar faoliyat olib bormoqda va sohadagi aksariyat ehtiyoj va talablarini qondirib kelmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jumladan, “14-sonli rels payvandlash poyezdi” unitar korxonasi o‘z yo`nalishi bo`yicha tizimdagi yagona va juda muhim bo`lgan korxonalardan biri bo`lib xizmat qilib kelmoqda.
Mazkur korxonaning asosiy ish faoliyati masofali, ya'ni 25 metrdan 725 metrgacha bo`lgan uloqsiz relslarni payvandlash, nuqsonli relslarni tiklashhamda yo`l o`tkazgichning krestovinasini ta’mirlashdan iborat. Bunga qo`shimcha tarzda so`ngi yillar davomida yo`l o`tkazgichning ramali relslari, boshmoq otish moslamalari va yelim boltli izolyatsiyalovchi rels
tutashmalarini korxonaning o`zida ishlab chiqarilmoqda.
Hozirda korxonada zamonaviy payvandlash dastgohlari mavjud bo`lib, ular orqali qo`l mehnati yengillashib, ish unumdorligi yanadan ortmoqda. Rossiya Federasiyasi va Avstriya davlatlarida ishlab chiqarilgan 4 ta “ART-500A”, 3 ta “PRSM-3”, 1 ta “ART-1500RL” va “MRK-01” rusumli harakatdagi rels payvandlash dastgohlari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, korxona hududida 2 ta statsionar “MSR-6301A” rels payvandlash uskunasi, 2 ta “UPS-01”hamda “UPSX-02” rusumli rels to`g`irlash dastgohi, payvandlangan rels tutashmasini me’yorlashtiruvchi 2 ta “UIN-01” qurilmasi va rels charxlovchi “MAS-150” rusumli dastgohi va rels payvandlash jarayonlarida kerakli bo`lgan barcha qurilmalar yordamida ishchi-xodimlarining sa’y-harakati bilan 2021-yilda statsionar rels payvandlash 94,4 kilometr/yo`lni, temir yo`llarda relslarni payvandlash esa 506,41 kilometr/yo`lni tashkil etdi.
Bunga qo`shimcha tarzda 258 ta statsionar krestovinalari tiklash, 225 ta korxona hududida ramali relslarni va 6 ta boshmoq otish mosalamasini tayyorlash hamda temir yo`ldagi 4 ming 901 ta krestovinani va rels oxiri tutashmalarini tiklash ishlari amalga oshirilib, jami 2 ming 704 kilometr/yo`lni tashkil etib, belgilangan reja 100,6 foizga bajarildi.
Shu bilan birga “ART-1500RL” va “MRK-01 rusumli mobil rels payvandlash uskunalari hamda “ART-500A” rusumli rels payvandlash dastgohi ta’mirlandi.
2022-yilda ham korxona jamoasi zimmasiga ulkan ma`sluyat yukalangan bo`lib, Toshkent metropolitenining Toshkent halqa yer usti metrosining ikkinchi bosqichida 26 kilometrlik yuruvchi yo`llarni (xodovoy rels) va 26 kilometrlik kontakt relslarini payvandlash, “Buxoro - Urganch - Xiva” temir yo`lini loyihalashtirish bo`yicha “Turon” va “Urganch” stansiyalarida nim tortish stansiyalarini (TPS) va kontakt tarmog`i navbatchilik punkti (DPKS) bino va inshootlarini qurish hamda ular atrofini himoya to`siq devorlari bilan o`rash ishlarini amalga oshirish topshirish shular jumlasidandir.
Shuningdek, mazkur korxonaga “Buxoro - Urganch - Xiva” temir yo`lini loyihalashtirish bo`yicha “Turon” va “Istiqlol” stansiyalari oralig`idagi ikki tomonni 46 kilometrlik himoya to`siqlari bilan o`rash bo`yicha qurilish-montaj ishlarida qatnashish, “Toshkent - Chirchiq - Xo`jakent” temir yo`l uchastkasida 4 kilometr uzunlikdagi to`siqlarning qurilishida ishtirok etish vazifasi topshirilgan.
Korxonada Rossiya Federatsiyasidan mutaxassislarni jalb qilgan holda, jamoada rels payvandlovchi, operator, dastgohda ishlovchi va boshqa bir qator lavozimlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar malakasini oshirish va ularni o`qitishni rejalashtirgan. Shunga muvofiq Rossiya Federatsiyasining “Pskovelektrosvar zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati hamda Avstriyaning “Plasser&Theurer” kompaniyasi bilan yillik shartnoma imzolash ham kun tartibidagi masalalardan biriga aylangan.
- Korxonamiz balansidagi Avstriyaning “Plasser&Theurer” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 3 ta “ART-500A” harakatlanuvchi rels payvandlash mashinalarini ta’mirlash uchun zarur bo`lgan ehtiyot qismlarni olib kelish ham joriy yildagi rejaga kiritilgan, - deydi “14-sonli rels payvandlash poezdi” unitar korxonasi rahbari Sherzod Allabergenov. - Shuningdek, Rossiya Federasiyasining “Pskovelektrosvar zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan “MSR-6301A” rels payvandlash mashinasi, “UPS-01” va “UPS-02” statsionar rels to`g`irlash dastgohi, kichik hajmdagi “PMS-320” rusumli iskanja, mobil rels payvandlash kompleksi, “MRK-01” rels payvandlash texnikasi va “TT-02” rusumli rels tortish dastgohlarini mukammal va o`rta ta’mirdan chiqarishda kerakli bo`ladigan ehtiyot qismlarni sotib olish masalasi ham chuqur o`rganib chiqilmoqda.
“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan “14-sonli rels payvandlash poyezdi” unitar korxonasining 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo`lgan asosiy ko`rsatkichlar vazifasi belgilab berildi. Unga ko`ra 450 kilometr po`lat izlarda rels payvandlash ishlarini bajarish, 1 ming 680 kilometr temir yo`llarda rels oxiri tutashmalarini tiklash hamda 3 ming 740 ta krestovinani tiklash rejalashtirilgan.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI