Xalqaro reyslar yo'lovchilari diqqatiga

Avval xabar berganimizdek, ikki yillik cheklovlar dan so‘ng, qator davlatlar tomonidan poyezd yo'lovchilari uchun davlat chegaralarini bosqichma-bosqich ochish borasida sa’yi-harakatlar amalga oshirilisi boshlagan. Birinchi xalqaro yo‘lovchi poyezdi joriy yil 1 aprel kunidan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha qatnay boshlaydi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “Қазақстан темiр жолы” MK” AJ bilan kelishilgan holda joriy yilda Qozog'iston Respublikasiga yana bir yo‘lovchi poyezd harakati tashkil etilmoqda.

2022-yil 2-maydan boshlab haftada uch marotaba Olma-ota-2 – Toshkent – Olma-ota-2 yo'nalishida 1/2-sonli poyezd qatnovi yo'lga qo'yiladi. Ushbu poyezd “Toshkent-Markaziy” vokzalidan har seshanba, payshanba va yakshanba kunlari jadval asosida Qozog‘istonga jo’nab ketadi. O‘zbekiston tomon esa, "Olma-ota-2" temir yo‘l vokzalidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari qatnaydi.

Boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich ochilishi kutilmoqda.

Chiptalarni elektron tarzda hamda temir yo‘l kassalarida sotib olish mumkin.

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI