Yo‘lovchilarga yanada qulay sharoit yaratish yo‘lida

Maʼlumki, dunyoda eng xavfsiz transport turi va bir vaqtning o‘zida eng ko‘p yo‘lovchi tashish imkoniyatiga ega bo‘lgan yo‘lovchi poyezdlar bugungi kunda yurtimizda ko‘plab insonlarning uzog‘ini yaqin qilib xizmat qilmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ tomonidan yoʻlovchilarga xizmat ko‘rsatish, servisni yanada yaxshilash, shuningdek, qator boshqa qulayliklar yaratish borasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirib bormoqda. 

Temir yo‘l sohasida yo‘lovchilarni tashish ho’jaligi, ya’ni “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ, yildan-yilga jadal rivojlanib kelmoqda. Xalqimiz va yurtimiz mehmonlariga ko’rkam temir yo‘l vokzallarida qator qo‘shimcha servis (kutish zallari, ona va bola xonasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi, bagaj saqlash bo‘limi, VIP-zallar v.b.) xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Lekin so‘nggi joriy etilgan va qulayligi ijobiy baxolangan yangiliklaridan biri bu – talaba yoshlar uchun imtiyozli chiptalarni sotib olish imkoniyati elektron tarzida amalga oshirishdir. Gap, Navro‘z bayramini nishonlash arafasida chiptaning tarif qiymatidan chegirmalar taqdim etilishi haqida ketyapti. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin imtiyozli chiptalar faqat temir yo‘l kassalarida rasmiylashtirilardi va talaba yoshlar bayram kunlari, chiptalarga ayniqsa talab oshgan bir paytda ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqarardi, uzundan uzun navbatlar xosil bo‘lardi. 

Joriy yil 14-mart kunidan 23-martgacha yaratilgan imkoniyatdan chipta.railway.uz sayti orqali jami 322 nafar talaba imtiyozli elektron chipta sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Joylardagi temir yo‘l kassalaridan esa faqat 50 nafar talaba chipta rasmiylashtirdi. 

Darhaqiqat, ushbu qulaylik kassada kutish vaqti va boshqa transport xarajatlarini kamaytirib, chipta sotib olish jarayonini tezlashtiradi. Ushbu imkoniyatni hayotga tadbiq etish ortida aslida  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning dasturchi-xodimlarinin mashaqqatli mehnatlari asqotgan. Chunki, mavjud bo‘lgan ASU-ekspress temir yo‘l chiptalarni rasmiylashtirish tizimi xalqaro toifada ekanligini hisobga olsak, juda katta xajmdagi ish amalga oshirilganini alohida ta'kidlash lozim. Hozirgi vaqtda, dasturchilar guruhi mavjud bo‘lgan boshqa turdagi imtiyozli chiptalarni elektron tarzda rasmiylashtirish imkoniyati ustidan ish olib borilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi 

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI