Xalqaro reyslar yo'lovchilari diqqatiga!
“O‘ztemiryo‘lyo’lovchi” AJ shuni ma'lum qiladiki, Qozog‘iston Respublikasi tomonidan №647/648-sonli Nukus – Beyneu va №1/2-sonli Toshkent – Olmaota yo‘nalishidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovini boshlash sanasini keyingi muddatga ko‘chirilmoqda, qo‘shni davlatda karantin cheklovlari joriy etilgani sababli.
Mazkur qaror Qozog‘iston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Yo‘l hujjatlarini (chiptalarini) sotib olgan va foydalanilmay qolgan chipta(lar)ning puli temir yo‘l kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi. Yoki, keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib beriladi, Qozog‘iston Respublikasi bilan chegara o‘tish joylarida sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilangunga qadar.
IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni BU YERDAN bilib olishingiz mumkin.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI