“Temir yo‘l malikasi-2022” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan korxona hududida katta sayil tashkil etildi va dasturxon yozilib, o‘zbek xalqining milliy taomlaridan bo‘lgan halim tayyorlanib, barcha ishchi-xodimlarga tarqatildi.

 Shuningdek, depoda umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda va o‘zgacha shukuhda o‘tkazish hamda ishchi-xodimlarning mirqib madaniy hordiq chiqarishi va yoshlarni iste’dodini namoyon etish maqsadida “Temir yo‘l malikasi-2022” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi.

Ayniqsa, karving san’ati va erkin mavzudagi shartlarda ayol va qizlarning o‘z qo‘llari bilan mevalardan yaratgan moʻjizaviy bezaklari pazandalik sirlarini ochgan bo‘lsa, ular tomonidan ijro etilgan qo‘shiq va raqslar, sahna ko‘rinishlari hamda ifodali o‘qilgan she’r va monologlar adabiyotga oshno qalb egalari ekanidan dalolat berib turdi.

Mazkur tanlovda qatnashgan 6 nafar qiz orasidan barcha shartlarga puxta tayyorgarlik ko‘rib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan deponing hisobga olish bo‘limi operatori M.Rahimjonova bir ovozdan g‘olib deb topildi va yakuniy bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga depo boshlig‘i F.Maxamatov faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI