Tezyurar poyezdiga tosh otilib, 9 yoshli yo‘lovchining boshiga urilganiligi holatiga izoh

10 aprel kuni Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan 62-sonli yo‘lovchi poyezdiga noma’lum shaxs tomonidan tosh otildi. Ushbu voqea soat 22:25 da “Oltiariq – Marg‘ilon” uchastkasining 244-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Poyezdning 6-vagonidagi oynasini yorib o‘tgan tosh 9 yoshli yo‘lovchining bosh qismiga urilgan. Zarba bola qoshining ustki qismiga tegishi oqibatida qon ketishiga sabab bo‘lgan. Soat 22:32 da “Marg‘ilon” temiryo‘l vokzali feldsheri tomonidan zudlik bilan jabrlangan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI