O‘zbekiston-Ozarbayjon: Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi X.Xasilov va “Ozarbayjon temir yo‘llari” YAJ raisi J.Gurbanov bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat temir yo‘llari ma’muriyatlari o‘rtasida texnik va texnologik yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda “Osiyo Tinch okeani mintaqasi – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa” xalqaro multimodal yo‘nalishini rivojlantirish borasida samarali va o‘zaro manfaatli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
Tomonlar, bugungi kunda dunyodagi vaziyat sababli o'zaro kelishib olingan chora-tadbirlar va tomonlarning tezkor hamkorligi jonlanishga xizmat qilishini qayd etilib, yuk tashish hajmini oshirish, konteyner poyezdlarining harakatlanishini tezlashtirish va tashishlarni multimodal tarzda tashkil etilishini alohida qayd etdilar.
Tashish hajmini yanada oshirish, shuningdek, ikki tomonlama masalalarni yechimini topish, Oʻzbekiston va Ozarbayjon temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlari boshchiligida muntazam uchrashuvlarni oʻtkazishga kelishdilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar navbatdagi uchrashuvni joriy yil aprel oyi oxirida Boku shahrida o‘tkazishga kelishib oldilar.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI