Harakat xavfsizligini ta’minlash katta mas’uliyat talab etadi

O‘zbekiston stasionar otryadi binosida “Xavfsizlik kuni” tadbiri o‘tkazildi. Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i Azizjon Hamroliyev boshchiligida o‘tgan ushbu uchrashuvda mazkur otryad jamoasi mas’ul xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida so‘z bordi.

Yig‘ilishda temir yo‘l hududida chorva mollarini boqish va qarovsiz qo‘yib yuborish holatlarining oldini olish, shuningdek, temir yo‘lga yaqin joylashgan mahallalarda istiqomat qiladigan aholi hamda umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirib, ularga temir yo‘ldan o‘tayotganda belgilangan joylardan, o‘rnatilgan tartibga qat’iy rioya qilgan holda o‘tishlarini tushuntirish borasida boshqarma xodimlari zimmasiga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

Bundan tashqari yong‘in xavsizligini ta’minlash va xodimlarning jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish hamda temir yo‘l atrofidagi temir panjarali to‘siqlarning butligini nazorat qilib borish borasida ham ko‘rsatmalar berildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI