O‘zbekiston – Latviya: Istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida Latviya davlatining “Latvijas dzelzceļš”  davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Maris Klaynbergs boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi  o‘rinbosari v.b. Akmal Kamalov qabul qildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tib, ikki tomonlama hamkorlikning qator masalalari muhokama qilindi. Latviyalik hamkorlar O‘zbekiston bilan o‘zaro aloqalar ko‘p yillik tarixgacega ekanligini  ta’kidlab o’tdilar. Kelajakda ham samarali hamkorlik qilishga umid bildirdilar.

– O‘zbekistonda temir yo‘l sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan siyosat qator afzalliklarga ega va biz mavjid hamkorligimizni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz, – deydi M.Klaynbergs. – Masalan, Toshkent davlat transport universitetida yuqori malakali kadrlar tayyorlanayotgan bo‘lsa, Latviyada bunday oliy o‘quv yurtlari mavjud emas, faqat ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlariga ega. Ishlab chiqarish sohasi ham, jumladan, vagonlarni qurish, harakatlanuvchi tarkib va temir yo‘l texnikalari uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish salohiyati yuksak tahsinga sazovor. Temir yo‘llarni elektrifikatsiya qilish jarayoni va yangi temir yo‘l liniyalar qurilishining o‘sish suratlari alohida e’tiborga molik.
 
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli takliflar bilan almashdilar, yuk tashish hajmini oshirish, vagonlarning ta'mir ishlarida tajriba almashish, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxonalarida ishlab chiqarilayotgan vagon va lokomotivlar uchun butlovchi qismlar va ehtiyot qismlarni xarid qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish  kabi masalalarda muayyan vazifalar va rivojlanish yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, elektron xujjat almashishda hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari ham muhokama qilindi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI