Ramazon hayit: Qurilish ob’yektlarida temiryo‘lchilar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi

Mamlakatimizda munosib nishonlanayotgan Ramazon hayiti bayramini “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasi otryadlarida faoliyat ko‘rsatayotgan temiryo‘lchilar ham bayram dasturxoni ustida munosib nishonlashdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilovning 2022 yil 29 apreldagi buyrug‘iga asosan Toshkent shahrida qurilayotgan yer usti halqa yo‘li metropolitenining 2-bosqich qurilishida ishtirok etayotgan temiryo‘lchilarni Hayit bayramini ko‘tarinki ruxda munosib kutib olishi va bayramni tantanali nishonlashi uchun 2022 yil 2 may kuni qurilish uchastkalarida bayram dasturxonlari tashkil etildi. 

– Ayni paytda Toshkent shahridagi yer usti halqa yo‘li metropolitenining 2-bosqich qurilishida o‘nga yaqin temir yo‘l korxonalarining 700 nafar ishchi-xodimi qurilish ishlarida faol ishtirok etishmoqda, – deydi “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasining Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Bayram Abdullayev. – Hayit bayramining birinchi kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusi bilan Toshkent shahri, Toshkent viloyati hamda Guliston shahridagi qurilish uchastkalari va korxonalarning 700 nafardan ortiq ishchi-xodimlari uchun bayram dasturxoni tayyorlanib, o‘zbek milliy taomi osh tarqatildi. 

Shu tariqa temiryo‘lchilar Hayit bayramining birinchi kunini katta tantana bilan, ko‘rkam dastuxon usitda kutib olishdi. Bayram dasturxoniga barcha ishchi-xodimlar taklif etildi. 
Ma’lumki, 2020 yilning dekabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasi tomonidan yer usti metro liniyasining 2-bosqichi bo‘lgan 8,7 kilometrlik “Qo‘yliq – Quruvchilar” uchastkasida qurilish ishlari boshlangan edi. Ayni paytda O‘zbekiston temiryo‘lchilari tomonidan ushbu yo‘nalishda qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Belgilangan loyihaga ko‘ra Toshkent halqa yer usti metro yo‘lining 2-bosqichi Qo‘yliq bozoridan Toshkent shahrining Mirobod hamda Sergeli tumanidan o‘tgan Katta halqa yo‘li, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Xonobod ko‘chasi bo‘ylab Sergeli tumanining Quruvchilar chorraxasigacha bo‘lgan hududdagi 12-sonli bekatgacha 5 ta bekat qurilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI