60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi reyslari vaqtincha to‘xtatiladi!

Fag‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganligi bois, poyezdlar harakat xavfsizligini hamda yo‘lovchilarning  xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ertaga 2022 yil 6 may kuni, Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati vaqtincha, ya’ni bir kunga to‘xtatiladi. Yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz mikdorda  qaytarib beriladi.

Shuningdek, vodiy viloyatlarida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jalvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI