Elektron chipta xarid qiluvchi yo‘lovchilar diqqatiga!

Avval xabar berganimizdek, elektron yo‘l xujjatlarni (chiptalarni) rasmiylashtirishga muljallangan e-ticket.railway.uz veb-sayt va mobil ilovalarning (IOS va  Android)  Foydalanuvchilar soni oshganligi sababli mazkur platformalarning server ishida uzilishlar kuzatilayapti. Shu sababli dasturchilar tomonidan  yangi chipta.railway.uz  veb-saytning beta-versiyasi ishlab chiqilib foydalanishga topshirildi. Ta'kidlash joiz, ikkala sayt ham bir vaqtning o‘zida parallel ravishda ishlamoqda. Ammo elektron yo‘l xujjatlarni (chiptalarni) rasmiylashtirishda xizmat sifatini oshirish maqsadida serverni yangilash ishlari joriy yil 15 may kuniga rejalashtirilgan. Shu sababli  barcha Foydalanuvchilarga xarid qilingan va amalda bo‘lgan chiptalarni shu kungacha yuklab olishingizni so‘raymiz. 15 may kunidan keyin amaldagi  server bazasidan foydalanish imkoni bo‘lmaydi! 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI