Xalqaro yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni tashishdagi qatnovlarning bosqichma bosqich qayta tiklash to‘g'risida

“Қазақстан темiр жолы” MK” AJ bilan kelishilgan holda temir yo‘llarda yo‘lovchi tashishlari qayta tiklanmoqda. Joriy yilning 15-may kuni 647/648-sonli Nukus – Beyneu –Nukus yo'nalishidagi yo‘lovchi poyezdining qatnovni boshlanadi. Shuningdek, 2022-yil 16 maydan boshlab Olma-ota-2 – Toshkent – Olma-ota-2 yo'nalishida 1/2-sonli (“Tulpar-Talgo”) poyezd qatnovi yo'lga qo'yiladi. Yuqorida ko'rsatilgan reyslarning davriyligi Toshkentdan haftasiga 3 marta “Toshkent-Markaziy” vokzalidan amalga oshiriladi.

Chiptalarni elektron tarzda (http://e-ticket.railway.uz) hamda temir yo‘l kassalarida sotib olish mumkin. 

Boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich ochilishi kutilmoqda.

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byuro bilib olishingiz mumkin. Yo'lovchilar elektron chiptalarni sotib olayotganda Qozog'iston Respublikasining davlat chegarasidan o'tish uchun uni A4 formatidagi qog'ozdan chiqarish (chop etish) lozim.


DIQQAT! Hurmatli yo'lovchilar! Turli tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, Qozog'iston Respublikasi va mamlakatimiz davlat chegarasi orqali o'tish punktlarida belgilangan tartibda o‘rnatilgan cheklov choralari talablariga rioya qilishingizni so'raymiz! Xususan:

Qozog'iston Respublikasi davlat chegarasi orqali o‘tish punktlari orqali Qozog'iston Respublikasiga kelgan barcha shaxslar PZR usuli bilan COVID-19ga test sinovidan o‘tganligi haqida ma’lumotnoma taqdim etishlari shart (qozoq, rus yoki ingliz tilida). Mazkur ma’lumotnoma Qozog'iston Respublikasi davlat chegarasidan o‘tishdan oldin kamida 72 soatdan ko'p bo‘lmagan muddatda bo‘lishi shart.

Ma‘lumotnoma talab qilinmaydigan shaxslar:
- 5 yoshgacha bo'lgan bolalar, agar ularni kuzatuvchi (birga bo‘lgan) shaxsda ushbu ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, 
- Qozog'iston Respublikasi hukumat delegatsiyalari a'zolari,
- Lokomotiv brigadalari, temir yo'l, dengiz va daryo transporti orqali tashishlarda faoliyat olib borayotgan shaxslar,
- Qozog'iston Respublikasida COVID-19ga qarshi revaksinatsiya yoki to‘liq emlash kursini olgan shaxslar (agar ikkinchi komponentni olganidan so'ng Qozog'iston Respublikasi chegarasini kesib o'tish vaqtida 6 oydan oshmasa),
- Qozog'iston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi qaroriga ko'ra Qozog'iston Respublikasi hududida haqiqiy deb topilgan COVID-19ga qarshi emlash uchun pasport/sertifikat/ma’lumotnoma bergan shaxslarga.

Qozog'iston Respublikasi hududiga Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqiga a'zo davlatlar hududidan, shuningdek, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston va O'zbekiston Respublikalaridan kelayotgan shaxslar, shu jumladan, «Путешествую без COVID-19» ilovasidan roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi. 

Tana harorati yuqori bo‘lgan shaxslar aniqlangan holatlarda, ma'lumotnomaning mavjudligidan qat'i nazar, yuqumli shifoxonada izolyatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyida COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli qariyib butun dunyo mamlakatlarda xalqaro yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd qatnovlari to‘xtatildi. Ikki yillik cheklovlardan so‘ng, qator davlatlar tomonidan yo‘lovchi poyezd yo‘lovchilari uchun chegaralarni bosqichma-bosqich ochish borasida sa’yi-harakatlar amalga oshirila boshlandi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI