“Eng faol yosh mutaxassis” tanloviga start berildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan zamonaviy bilimli, intellektual salohiyatli kadrlarni rag‘batlantirish, sohada istiqbolli yosh kadrlarni tanlash, yosh rahbar kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida 7 ta soha, ya’ni vagon xo‘jaligi, tashishlarni tashkil etish, yuk va tijorat ishlari, yo‘l xo‘jaligi, lokomotiv, elektr ta’minoti, signallashtirish va aloqa sohalari bo‘yicha “Eng faol yosh mutaxassis” tanlovining yakuniy bosqichiga start berildi.

Boshqaruv raisi v.b. X.N.Xasilovning buyrug‘i asosida temir yo‘l transporti tizimida hududlarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan saralash bosqichining g‘oliblari yakuniy bosqichda ishtirok etmoqda.
Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda ishtirokchilar o‘z sohalari hamda mehnat muhofazasi, ijtimoiy-siyosiy sohalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tayyorlangan savollariga javob berishadi. Tanlovda kuzatuvchi sifatida Vagon xo‘jaligi boshqarmasining vagon kuzatuvchilari ham ishtirok etishdi. Tanlovning 2-bosqichi esa belgilangan korxona poligonlarida amaliy mashg‘ulot tarzida o‘tkaziladi. 

“Eng faol yosh mutaxassis” tanlovning vagon xo‘jaligi sohasi bo‘yicha yakuniy bosqichi 10-11 may kunlari o‘tkazilib, unda 1-o‘rinni “Termiz MTU” UK Termiz vagon deposi Quduqli stansiyasi vagonlarni qabul qilish va topshirish chegara punkti boshlig‘i Sharofiddin Amirqulov qo‘lga kiritdi.

2-o‘rinni “Buxoro MTU” UK Buxoro vagon deposi Uchquduq VTKU maskani boshlig‘i Ungbay Najimov, 3-o‘rinni “Qo‘ng‘irot MTU” UK Ko‘ng‘irot vagon deposi “Miskin” stansiyasi vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish punkti yo‘riqchisi Oybek Narimanov qo‘lga kiritdi. 

12-13-may kunlari Tashishlarni tashkil etish sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bosqichida 1-o‘rinni “Buxoro MTU” UK “Qorlitog‘” stansiya navbatchisi Asqarbek Toshmurodov, 2-o‘rinni “Qo‘ng‘irot MTU” UK “Xonqa” stansiya navbatchisi Yashnarbek Yo‘ldoshev, 3-o‘rinni “Toshkent MTU” UK “Salar” stansiya navbatchisi Akbar Sattarov qo‘lga kiritdi.
Tanlov may oyining yakuniga qadar o‘tkaziladi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI