O'zbekiston-Ozarbayjon: Istiqbolli hamkorlik muhokama qilindi

Boku shahrida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va "Azәrbaycan Dәmir Yolları" YAJ vakillari o'rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ijobiy dinamikasi qayd etildi. Multimodal transport yo'laklari bo'ylab konteyner yuk tashishlarni tashkil etish, tranzit  yuk tashishlarni ko'paytirish imkoniyati va boshqa qator masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar yuk tashish hajmini oshirish, yuklarni tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, temir yo'l orqali olib o'tiladigan tovarlar va transport vositalari to'g'risida oldindan ma'lumot almashish bo'yicha kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida tegishli protokol imzolandi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI