“Qibray” bolalar oromgohida favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasida amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Birinchi yordam ko‘rsatish, bolalarning tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida, "O'zbekiston temir yo‘llari" AJ tasarrufidagi "Qibray" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida bolalar uchun amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi.

Тa’kidlash joizki, bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash va nazorat qilish, bolalar va o‘smirlarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish.zarurligi muhimdir. 


Buni yaxshi anglagan O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti mutasaddi xodimlari tomonidan “Qibray” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bolalar uchun birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulot va sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirda tashkilot mutaxassislari, sog‘lomlashtirish oromgohi xodimlari va bolalar ishtirok etishdi.

Tashkilot Favqulodda vaziyatlar bo‘limi koordinatori M.Sabitov tomonidan dam oluvchi bolalar ishtirokida birinchi yordam ko‘rsatish amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rsatib berildi. Tadbir davomida bolalar uchun sport musobaqalari ham tashkil etildi. Musobaqada bolalar guruhlarga  bo‘linib ishtirok etishdi. 


Tadbir so‘nggida birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulotlarida faol ishtirok etgan bolalar hamda sport musobaqasi ishtirokchilariga tashkilot tomonidan sovg‘alar tarqatildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
1

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI