Jahon hamjamiyati yangi tranzit "Qobul yo‘lagi" bilan yaqindan tanishmoqda

Ma’lumki, bugun, 26-iyul kuni, Toshkent shahrida “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro forum doirasida yalpi yig‘ilish hamda qator infratuzilmaviy va gumanitar loyihalarni amalga oshirish masalalari sho'ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Sho‘ba yig‘ilishining dastlabki mavzusi Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar temir yo‘l liniyasi ("Qobul yo‘lagi")ni qurish masalalariga bag‘ishlandi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov ishtirok etib, loyiha haqida ma’lumot berib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llari va tegishli infratuzilmasini loyihalash, transport bo'yicha bosh loyihalash-tadqiqot insituti “Boshtransloyiha” AJning dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, 750 kilometrlik temir yo‘li qurilishi, 1200 dan ortiq sun'iy inshootlar, shu jumladan 3 tunnel, 100 dan ortiq temir yo‘l kesishma yo‘llarni va 336 ko'priklarni qurish o‘z ichiga oladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, loyihaning umumiy taxminiy qiymati 4,6 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihaning amalga oshirilishi haqidagi atroflicha ma’lumotlar video-taqdimot tariqasida tashkil etildi. Ta'kidlash joizki, o'tgan davrda Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar temir yo'l yo‘lagini shakllantirish borasida muayan ishlar amalga oshirildi. Shuningdek,  "Qobul yo‘lagi" loyihasi birinchi marta 2018 yil sentyabr oyida keng jamoatchilikka taqdim etildi

“Yaqin orada O'zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi ko‘magi va moliyalashtirilish orqali temir yo‘lning butun yo'nalishi bo'ylab dala-ekspeditsiyasi tashkil etiladi va shu yilning oxiriga qadar davom etadi, – deydi X.Xasilov. – Mazkur loyihaning ahamiyati shundaki, u Markaziy va Janubiy Osiyoning temir yo'l infratuzilmasini bog‘lab, shu bilan mintaqalarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi. Uni amalga oshirish esa, qator mamlakatlar, shu jumjadan Afg‘oniston iqtisodiyotini rivojlantirib, mintaqalararo va qit’alararo tranzit yuk oqimlarini va savdoni rivojlantirish uchun noyob istiqbolli yo‘nalish bo‘lib, real imkoniyatlar yaratadi”.

Bugungi kunda “O‘zGAShKLITI” DUK va “Boshtransloyiha” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan zamonaviy sun‘y yo‘ldosh tizimlaridan foydalangan holda, yo'nalish bo'ylab ortofotoplanlar va relyefning raqamli modelini yaratish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. 

Ta’kidlash joizki, mintaqalararo ichki harakatdagi ijobiy o'zgarishlarda ham, mavsumdan qat’i nazar ham, Shimoliy-Janubiy yo'nalishi bo‘ylab turizmni rivojlantirishda ham alohida turtki bo‘ladi. Shuningdek, ushbu loyiha yangi ish o‘rinlarning hajmi oshishiga, shu jumladan temir yo‘l transportidan foydalanish bilan bog‘liq yangi kasblarning paydo bo‘lishiga yordam beradi.

Xalqaro konferensiyaning sho‘ba yig‘ilishlari doirasida forumga a'zo davlatlar va xalqaro tashkilotlarning boshqa qator vakillarining ma’ruzalari ham tinglandi. Ekspertlarni qiziqtirgan savollariga tor doiradagi mutaxassislar tomonidam javob berildi. 

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI