Bayram tabrigi
Hurmatli hamkasblar, aziz temiryo‘lchilar!
Sizlarni, Siz orqali jamoa va oila aʼzolaringizni jonajon vatanimiz O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!
Barchamiz uchun eng ulug' va eng aziz hisoblangan, xalqimizga erkin, baxtli va farovon, hech kimdan kam bo‘lmagan hayot kechirish baxtini bergan, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun beqiyos imkoniyatlar yaratgan, qalblarimizga cheksiz faxr-iftixor, ko‘ngillarimizga g'urur baxsh etgan bayram barchamizga muborak bo‘lsin!
Barchangizga uzoq umr, mustahkam sog'liq, baxt-saodat, el-yurtimizga qut-baraka, tinchlik-xotirjamlik, mustaqil Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda rivoj va omad tilayman.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b.
X.Xasilov
O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi
Q.Sabirov
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI