Korrupsiyaga qarshi xalqaro menejment tizimi joriy etilmoqda

Ma’lumki, Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada yurtimizda muayyan ishlar amalga oshirilib, bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ham faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurash tizimini ishlab chiqish, joriy etish, yuritish, tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha talablarni belgilovchi va yo‘riqnomalarni taqdim etuvchi ISO 37001:2016 xalqaro standartining korrupsiyaga qarshi mentjmenti tizimini joriy etish bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday o‘quv-seminarlardan biri “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli bo‘lim mutaxassislari uchun o‘tkazildi.

Tadbirda, xalqaro toifadagi auditor, “Cert academy” xalqaro o‘quv kompaniyasining yetakchi mutaxassisi S.B.Luqmonov bilan birgalikda korrupsiya va uning unsurlariga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Umumiy tushuncha shakllantirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining o‘nlab rahbarlari, boshqarma o‘rinbosarlari va mutaxassislari uchun mavzu bo‘yicha ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qildi. Seminar ishtirokchilari tashkilotda korrupsiyaning oldini olish, aniqlash va unga qarshi choralar ko‘rish, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan qo‘llaniladigan korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlariga va ixtiyoriy majburiyatlarga rioya etishga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan tizimni qo‘llash bo‘yicha talab va yo‘riqnomalar bilan tanishildi.

Seminar davomida shuningdek, ushbu standart qaysi mamlakatda qo‘llanilishidan qat’i nazar, tashkilotlarga korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, saqlash va takomillashtirishga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Shuni ta'kidlash kerakki, standart nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga qo'yiladigan aniq talablarni, balki bunday tizimni yaratish bo'yicha ko'rsatmalarni ham o'z ichiga oladi. Bu esa, o‘z navbatda, korxonalar, tashkilotlar va idoralarni boshqarish tizimiga talablarni kiritish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi.

Trening doirasida har bir ishtirokchi ma'lum test sinovidan o‘tdi, shuningdek, auditorlik xulosasiga yozma javob tayyorladi. Barcha mutaxassislar ijobiy natija ko‘rsatib, ularga maxsus sertifikatlar topshirildi.


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI