O'zbekiston yosh temiryo'lchilari RJD yoshlarining XIV yig'ilishida ishtirok etishdi

Moskva yaqinidagi Noginsk shahrida, yosh temir yo'lchilari uchun eng katta tadbirlaridan – "Rossiya temir yo'llari" OAJ yoshlarining XIV yig'ilishi bo'lib o'tdi. Joriy yilda uning ishtirokchilari nafaqat Rossiya Federatsiyasining 600 dan ortiq tashabbuskor yosh xodimlari, balki xorijiy yettita mamlakat: O'zbekiston, Qozog'iston, Armaniston, Abxaziya, Belorusiya, Mo'g'uliston va Kuba  temir yo'l ma'muriyatlari vakillari tashrif buyurgan.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJning istiqbolli va tashabbuskor yosh xodimlari yig‘ilishdan o‘rin olgan qator muhokamalar, ma'ruzalar, seminarlar va mahorat darslarida qatnashdilar, shuningdek, "Rossiya temir yo'llari" kompaniyasining top-menejerlari va davlat hokimiyati organlari vakillari bilan uchrashuvlarda qatnashdilar.

Yig'ilishi doirasida bo'lib o'tgan xalqaro muhokamalar formatida bo‘lib o‘tgan tadbirda yosh temiryo'lchilar o'z mamlakatlarining temir yo'l sohasidagi tajriba, rivojlanish va yutuqlar haqidagi ma'lumotlar, xususan, temir yo'lning turli sohalaridagi yangi texnologiyalar haqida ma'lumot beruvchi ma'ruzachilar sifatida ishtirok etdilar. Ta'kidlash joiz, delegatsiyamizning ma'ruzasi katta qiziqish bilan kutib olindi.

Forum ishtirokchilari temir yo'l sohasidagi bir qator soxa korxonalarning ishlab chiqarish sektori bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar, Moskva aylanma yo'li muzeyi va Rossiya transport institutiga tashrif buyurdilar, shuningdek, u yerda ham bo‘lib o‘tgan turli yo'nalishdagi axborot sessiyalarida qatnashdilar.

Mazkur tadbirning yopilish marosimida ishtirokchilarga Yevroosiyo makonida temir yo'llarni rivojlantirish rejalari, shaxsiy va professional tomonlama o'z ustida ishlash, salohiyat va bilimlarini kengaytirish imkoniyatlari haqida so'zlab berildi. Ta'kidlash joiz, bunday uchrashuvlarda yosh mutaxassislar tanlangan kasblarida o‘sishlari va shakllanishlarida muhim rol o'ynaydi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
1

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI