Investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni o‘rganildi
Joriy yilning 13-oktyabrida “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari X.Omonov boshchiligida va korxona mutaxassislari Xitoyning “China Railway Tunnel Group Co. LTD” (CRTG) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumki, hozirgi vaqtda ko‘mir konida Xitoyning“China Railway Tunnel Group Co. LTD” (CRTG) kompaniyasi tomonidan “Sharg‘unko‘mir” AJni modernizatsiya qilish maqsadida investitsiya loyihasi amalga oshirmoqda. Taʼkidlash kerakki, ushbu kompaniya bosh pudratchi vazifasini bajarib kelmoqda. Ushbu investitsion loyiha 2022-yil oxiriga qadar quvvatini yiliga 900 ming tonna ko‘mirga yetkazishni nazarda tutmoqda.
Loyiha ishlarini jadallashtirish, obyektlarda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish jarayonini o‘rganish maqsadida “Sharg‘unko‘mir”ga "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari X.Omonov tashrif buyurib, ko‘mir konlarini ko‘zdan kechirdi, ko‘mir qazib olishning mexanizatsiyalashgan usullari bilan tanishdi, shuningdek, muhandis-texnik xodimlar va boshqa mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI