Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi tasdiqlandi
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 4 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning “Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son bayoni 11.3-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida Jamiyat bo‘yicha 2022 yil 13 oktyabrda 962-N-sonli buyruq imzolandi.
Mazkur buyruq bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi” tasdiqlandi. Dasturning maqsadi etib, Jamiyat tizimida eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda oliy va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini Jamiyat korxonalariga jalb qilish samaradorligini oshirish belgilandi.
Dasturning vazifalari etib, oliy va professional taʼlim muassasalari hamda davlat xizmati o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish, eng salohiyatli va bilimli bitiruvchilarni seleksiya qilish, nomzodlarni Jamiyat va tasarrufdagi korxonalarga stajirovka o‘tash uchun yo‘naltirish hamda “Ustoz-shogird” tizimi asosida tajribali ustozlarga biriktirish, stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni tanlov (test, suhbat) asosida ishga qabul qilish tartibi va shartlari belgilandi.
Shu bilan birga, dasturda oliy va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchi kursida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Axborot-tahliliy media markazi
Faylni yuklab olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI