Temir yo'l kesishmasida sodir bo'lgan YTH yuzasidan axborot
Joriy yilning 20-oktabr kuni soat 00:05 da “Jizzax-2 – Chamanzor” peregonida qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida yuk poyezdi “CHAKMAN” yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Mazkur holat avtomashina haydovchisi tomonidan “Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish” qoidasini qoʻpol ravishda buzgani sabab boʻlgan. To‘qnashuv natijasida lokomotivning sektsiyalaridan biri relsdan chiqib ketgan, temir yo‘l izlari hamda signalizatsiya qurilmalari shikastlangan. Avtomobil haydovchisi shifoxonada, jonlantisish bo‘limida.Poyezd mashinisti va uning yordamchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ayni paytda YTH sodir bo‘lgan joyida temir yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari tomonidan esa voqea hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
Hurmatli transport vositalari haydovchilari! Yo'l harakati qoidalariga qat’iy rioya qiling! Shunda siz o'z hayotingizni saqlab qolasiz va shu bilan atrofdagilarni ham himoya qilasiz!
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI