Toshkentda TDTga aʼzo mamlakatlar temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun, 2022-yil 27-oktabr kuni Toshkent shahrida 5ta davlat – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya temir yo‘llari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida Turkiy tilli tashkilotiga aʼzo davlatlar temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirni Turkiy tilli davlatlar tashkiloti Bosh kotibi B.Amreev kirish so‘zi bilan ochdi va u mazkur transport yo‘lagini rivojlantirishning alohida ahamiyatini, TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida yuk tashish hajmini oshirish yo‘llari, shuningdek, o‘zaro hamkorlik va umumiy hamkorlikning bir qator muhim masalalarini hal etish zarurligini ta'kidlab,  manfaatli natijalarga erishishga katta umid bildirdi.

Xususan, yig‘ilishning barcha ishtirokchilarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.Xasilov qutlab, TDT davlatlari O‘zbekistonning muhim va ishonchli hamkorlari ekanligini ta’kidladi. Shuningdek,  soʻnggi yillarda turkiy mamlakatlarda temir yoʻl transporti sezilarli darajada rivojlanganligini,  ochiq vagonlardan tashqari, konteyner tashuviga ham talab yuqori ekanligini taʼkidlab o’tdi. Bundan tashqari, 2019-yilda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston va Turkmaniston o‘rtasida imzolangan bayonnomani xalqaro multimodal yo‘nalishini rivojlantirishga  “OTM mamlakatlari – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Yevropa”  amaliy darajada amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Tadbir davomida barcha temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlari transport sohasini, xususan, temir yoʻl transportini TDT davlatlari oʻrtasida faol rivojlantirish va oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirishga katta intilishlarini bildirdilar.

Shuningdek, kun tartibida yuk tashish hajmini oshirish, qoʻshni davlatlar tranzit tashuvlarini tashkil etish, konteyner va multimodal tashuvlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari va dastlabki maʼlumotlar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Batafsil ma’lumot yig‘ilishdan so‘ng beriladi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI