
O‘zbekiston – Latviya: Transport-tranzit salohiyati oshirilmoqda
"O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv raisi v.b. X.Xasilov “Latviya temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Maris Kleinsberg boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Samarali suhbat jarayonida Osiyo va Yevropa o‘rtasida shimol va janub yo‘nalishidagi mamlakatlar temir yo‘l koridorlarida yuk tashishda tranzit tariflarini yanada qulaylashtirish va Riga portlariga yuklarni tezroq yetkazib berish masalalari yana bir bor ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda X.Xasilov mamlakatimiz temir yo‘l transportining xalqaro yo‘nalishlarda erishayotgan yutuqlarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining tashabbusi, qo‘shni va uzoq davlat temir yo‘l rahbarlari bilan ishonchli aloqalarini alohida qayd etib o‘tdi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Latvijas dzelzceļš” DAK rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan edi. Suhbat doirasida yuk tashish hajmini oshirish, vagonlarning ta'mir ishlarida tajriba almashish, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxonalarida ishlab chiqarilayotgan vagon va lokomotivlar uchun butlovchi qismlar va ehtiyot qismlarni xarid qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish kabi masalalarda muayyan vazifalar va rivojlanish yo‘nalishlari belgilanib, elektron hujjat almashishda hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari ham muhokama qilingan edi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amalga oshirilayotgan faol ishlar va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ijobiy masalalarni qayd etdilar.
Axborot-tahlily media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI