Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi birinchi spartakiadasi bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi Sammiti oʻtkaziladi. Boʻlajak xalqaro forum doirasida Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston, shuningdek, kuzatuvchi sifatida Turkmaniston va Vengriya delegatsiyalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Sammitdan oldin Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi birinchi spartakiadasi boʻlib oʻtdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Azәrbaycan Dәmir Yolları” YoAJ, “Қазақстан темір жолы” MK” AJ va “Кыргыз Темир Жолу” MK” DK jamoalari stol tennisi, shaxmat, armrestling, arqon tortish va tosh ko‘tarish kabi yo‘nalishlarda ishtirok etdilar. Ta’kidlash joizki, musobaqada temiryo‘lchilar orasidan professional sport bilan bog‘liq bo‘lmagan, ammo jamoaviy harakat qilish va a’lo natijalarni ko‘rsatish uddasidan chiqadigan mutaxassislar sifatida ham o‘zlarini namoyon etdilar.

Musobaqalarning ochilish marosimida barcha ishtirokchilariga tabrik va qutlov so‘zi bilan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov ochib berdi.

– Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi birinchi spartakiadasi ishtirokchilarni chin dildan tabriklaymiz, – deydi X.Xasilov. – Ta’kidlash joiz, ushbu tadbirni tashkil etish g‘oyasi bundan 10 kun avval, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan beshta davlat – Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya temir yoʻllari rahbarlarining birinchi uchrashuvida paydo boʻlgan. Shundan so‘ng, qisqa vaqt ichida madaniy va sport tadbirlarini, jumladan, ushbu spartakiadani tashkil etishga harakat qildik. Temiryo‘lchilarning boshqa turkiyzabon davlatlardagi hamkasblari bilan yaqindan tanishish, ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi va o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradigan bunday uchrashuvlari yanada rivojlanishiga umid qilib, barchani faol ishtirok etishlarini tilab qolamiz.

– Menimcha, barchamizni birlashtirgan, temiryo‘lchilar o‘rtasida bu kabi tadbirlar o‘tkazilishi juda ajoyib qarordir, – deydi “Қазақстан темір жолы” MK” AJ instruktori Roman Podgayts. – Ko‘pchilik temiryo‘lchilarimiz sportni sevib shug‘ullanadi, ishdan keyin keng shug‘ullanishadi va buning uchun sharoitlar yaratib, temiryo‘lchilarimiz o‘rtasida turli sport musobaqalarni tez-tez o‘tkazib turamiz. Ishonchimiz komilki, bu kabi xalqaro tadbirlar, albatta, ham ishda, ham boshqa turli kasbiy munosabatlarda o‘zining ijobiy aksini topadi.

– Qirg‘iziston temiryo‘lchilar delegatsiyasi 15 kishidan iborat, – dedi “Кыргыз Темир Жолу” MK” davlat korxonasi bo‘lim boshlig‘i Ramiz Aliyev. – Biz uchun bu tadbir nafaqat hamkasblarimizni ko‘rish, ular bilan kasbiy masalalarimizni muhokama qilish, qator hujjatlar imzolash, balki turli sport musobaqalarda aka-uka, hamkasb, do‘st sifatida bellashish imkoniyatidir. Bu yerda barcha shart-sharoitlar yaratilgan va biz bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda ana shunday do‘stona muhitda faol ishtirok etganimizdan xursand bo‘ldik va ushbu tadbirni tashkil qilgan barchaga o‘z jamoamiz nomidan minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Musobaqa natijalariga ko‘ra Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi birinchi spartakiadasida, medallar hisobi bo‘yicha Qozog‘iston va Qirg‘iziston terma jamoalari teng hisobga (10tadan) ega bo‘lgan bo‘lsa-da, oltin medali ko‘proq bo‘lgan “Қазақстан темір жолы” MK” AJ temiryo‘lchilari foydasiga hal bo‘ldi va birinchi spartakiada Kubogiga ega bo‘ldilar. Ikkinchi o‘rinni mos ravishda “Кыргыз Темир Жолу” MK” davlat korxonasi jamoasi qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin 9 ta turli darajadagi medallar bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temiryo‘lchilar jamoasiga nasib etdi. Turnir jadvalida 4 ta medal bilan to‘rtinchi o‘rinni “Azәrbaycan Dәmir Yolları” YoAJ egalladi.

Shu bilan birga, har bir ishtirokchi bir ovozdan mazkur musobaqalarda asosiysi natija emas, balki ishtiroki va sport maydonchalarida hukm surayotgan muhit – bir-birini va xorijlik hamkasblarni do‘stona qo‘llab-quvvatlash, har birining muvaffaqiyatidan samimiy quvonish ekanligini qayta-qayta takrorlashdi.

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi birinchi spartakiada yakunlari boʻyicha gʻoliblarni tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi va unda, bu kabi uchrashuvlar kelgusida muntazam ravishda oʻtkazilishi qayd etildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI